Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi
21:10 / 2024-02-07

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirdi.

Suhbatda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo‘shma Investitsiya kompaniyasi o‘z ishini boshladi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.

Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.