Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi
16:27 / 2025-12-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va iliq tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sherikligi va ittifoqchiligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Barcha darajalardagi aloqalar faol ekani, tovar ayirboshlash barqaror o‘sayotgani va energetika sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Neft va gaz sohasi, geologiya-qidiruv ishlari, “yashil” energiyani rivojlantirish hamda kimyo sanoatida qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.