Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasi ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
17:02 / 2026-01-26

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati va tashkilot Bosh assambleyasi ishtirokchilarini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Osiyo Olimpiya kengashining yangi saylangan prezidenti Shayx Jav’an bin Hamad Ol Soniy davlatimiz rahbariga Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekistonga xalqaro sport harakatining ishonchli hamkori sifatida yuksak ishonch bildirilib, tashkilot assambleyasini Toshkentda o‘tkazishga qaror qilingani uchun minnatdorlik izhor etdi.

Sportni rivojlantirish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangani ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy natijalarga erishishga qaratilgan qo‘shma dastur hamda tashabbuslarni amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.

Tadbir yakunida Prezidentimiz sportni rivojlantirish va sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti federatsiyasi prezidenti Husayn al-Musallamga O‘zbekiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordenini topshirdi.