Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti «Orano» kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
15:41 / 2023-11-02

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Orano» kompaniyasi raisi Klod Imoven bilan uchrashdi.

“Orano” – uran va yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yirik kompaniyasi, aktivlari qiymati 29 milliard yevrodan ortiqni tashkil etadi.

Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlari va uran qazib chiqarish borasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.