Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti “JOGMEC” va “ITOCHU Corporation” bilan hamkorlikni kengaytirish rejalarini muhokama qildi
17:07 / 2025-12-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning “JOGMEC” va “ITOCHU” tashkilotlari rahbarlari Ichiro Takaxara va Djun Inomatani qabul qildi.

Hamkorlikni yanada kengaytirish va Yaponiyaning eng ilg‘or texnologiyalarini qo‘llagan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“JOGMEC” “ITOCHU Corporation” bilan birgalikda Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi uran konlarini o‘zlashtirishda ishtirok etayotgani yuqori baholandi. Kompaniyalarning mamlakatimiz hududlaridagi istiqbolli konlardan qimmatbaho metallarni qazib olish rejalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va “ITOCHU” korporatsiyasi mashinasozlik, geologiya va infratuzilma sohalarida ko‘p yillik hamkorlik tajribasiga ega. Yaponiyaga o‘ta muhim minerallarni eksport qilish bo‘yicha uzoq muddatli kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Suvni tozalash, avtomobilsozlik, havo harakatini boshqarish tizimini modernizatsiya qilish hamda ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish kabi hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.