Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Italiya delegatsiyasini qabul qildi
13:59 / 2023-04-26

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan boʻlib turgan Italiya Respublikasi mudofaa vaziri Gvido Krozettoni qabul qildi.

Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.  

Uchrashuv avvalida mudofaa idorasi rahbari Oʻzbekiston yetakchisiga Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Vazirlar kengashi Raisi Jorji Melonining salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.  

Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi yuksak darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi. Konstruktiv siyosiy muloqot rivojlanib bormoqda. Keyingi bir necha yilda oʻzaro savdo va investitsiyalar hajmi ikki barobarga oshdi. Mamlakatimizda Italiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalari – Turin politexnika va Piza universitetlarining filiallari faoliyat yuritmoqda.  

Boʻlajak oliy darajadagi tadbirlarga birgalikda tayyorgarlik koʻrilmoqda.  

Suhbatda energetika, shu jumladan, qayta tiklanuvchi energetika, logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa tarmoqlarda amaliy hamkorlik qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.  

Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston va Italiya mudofaa idoralari oʻrtasida sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish muhimligini taʼkidladi.  

Mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan tartibga solish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.  

OʻzA