Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vaziri bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi
19:23 / 2022-07-19

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Gruziya Bosh Vaziri Irakliy Garibashvilini qabul qildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlikka doir, eng avvalo, transport va logistika, savdo, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish istiqbollari koʻrib chiqildi.

Tranzit salohiyatini, shu jumladan, mamlakatimiz yuklarini tashishda Poti va Batumi portlari infratuzilmasini samarali ishga solish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Gruziya hududidagi erkin sanoat zonalarida yaratilgan qulay sharoitlarni hisobga olgan holda toʻqimachilik, elektrotexnika, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish va sayyohlar oqimini oshirishdan ikkala tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

OʻzA