Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
16:40 / 2023-11-02

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning rasmiy tashrifi doirasida Samarqand shahrida o‘tayotgan O‘zbekiston-Fransiya biznes forumida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya taraqqiyot agentligi rahbari Remi Riu bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Fransiyaning ushbu davlat moliyaviy muassasasi bilan 1 milliard yevrolik Strategik hamkorlik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etdi.

Prezidentimiz agentlikning byudjetni qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik doirasidagi loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha bitimlar imzolash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.