Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Sheriklik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi
14:46 / 2023-05-17

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi.

Yangi Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi” doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir. Qo‘shma loyihalar portfeli o‘tgan yilda o‘ttiz foizga oshib, 1,3 milliard dollarni tashkil qilmoqda.

“Yashil” iqtisodiyot, kommunal sohani, shu jumladan suv ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ilgari surish, davlat-xususiy sheriklikning samarali mexanizmlarini joriy etish, agentlikning “PROPARKO” va “Ekspertiz Frans” tuzilmalari bilan hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.