Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Dushanbega jo‘nab ketdi
10:29 / 2023-09-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.