Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Dubayga keldi
22:02 / 2023-11-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 30 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga keldi.

Aeroportda oliy martabali mehmonni BAA energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy kutib oldi.

Ertaga, 1 dekabr kuni davlatimiz rahbari BMTning Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etadi hamda ushbu global sammit yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi.