Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti “Blackrock” kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
19:53 / 2026-01-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davos shahriga amaliy tashrifi doirasida “Blackrock” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesi bilan uchrashdi.

Ushbu yetakchi kompaniya bilan investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Blackrock” kompaniyasining mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarda ishtirok etish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi bir qator korxonalar kapitaliga kirish, qo‘shma investitsiya mexanizmlarini ishlab chiqish va mamlakat investitsiya muhitini yaxshilash uchun xalqaro ekspertizani jalb qilish bo‘yicha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.