English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti BAAga jo‘nab ketdi
17:30 / 2023-11-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun 30 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Dubay shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, tashrif doirasida davlatimiz rahbari global iqlim sammitining yalpi sessiyasida nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.