Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
11:09 / 2025-12-12

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Ashxobod shahridagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30 yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida qayta qurildi va tantanali ravishda ochildi.

Prezidentimiz boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.