Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonga keldi
11:36 / 2023-09-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan Dushanbe shahriga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston Prezidenti bilan muzokara o‘tkazadi hamda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.