O‘zbekiston – Pokiston: yoshlar siyosatida hamkorlik rivojlanadi
Pokistonda bo‘lib o‘tgan Hamdo‘stlik Osiyo yoshlar ittifoqi Yoshlar sammitida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirok etdi.
Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif delegatsiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekistonga tashrifi davomida yoshlarga oid hujjatlar imzolanishi va O‘zbekiston – Pokiston yoshlar hamkorligi yanada rivojlanishi muhim ekanini ta’kidladi.



Shuningdek, sammit doirasida o‘tkazilgan Osiyo yoshlar vazirlari uchrashuvida O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati bo‘yicha taqdimot qildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA