English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Pokiston: Istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda
11:44 / 2022-03-24

Joriy yilning 3-4 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Pokiston Islom Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari pokistonlik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi.

Unda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish, xususan, to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish materiallari, bank-moliya, kimyo sanoati va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, istiqbolli loyihalar ham muhokama qilingan edi. 

Joriy yilning 23 mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Pokiston Islom Respublikasi davlat vaziri, investitsiya kengashi raisi Muhammad Azfar Ahsan raisligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu xaqida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Matbuot xizmati ma’lum qildi. Unda tomonlar qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida hamkorlikda faoliyat olib borish, yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mamlakatdagi investitsiya muhiti, tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan so‘z yuritdi. 

Tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Azizbek Bahodirov O‘zbekistondagi qurilish materiallari sanoatining bugungi rivojlanish istiqbollari, yangi turdagi qurilish materiallari, eksport ko‘lami, tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

 Shuningdek, ikki tomonlama savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mahalliy qurilish materiallari eksportini oshirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Pokiston delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatiga yuksak baho berar ekan, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borish taklifini bildirdi. Uchrashuv yakunida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, qurilish materiallari eksportini kengaytirish, hamkorlikda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.  

O‘zA