Joriy yil 5-6 fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasi Islomobod shahrida O‘zbekiston – Pokiston biznes-forumi va “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Mamlakatimiz Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tadbir ikki davlatning rasmiy va biznes hamjamiyati vakillari o‘rtasida bevosita muloqot o‘rnatish uchun samarali maydon yaratadi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiya sohasida fikr almashish hamda savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish imkonini beradi.
Anjuman doirasida respublikamizning sarmoyaviy salohiyati, yurtimizda xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan shart-sharoit, qulaylik va mexanizmlar taqdim etiladi. Xorijiy sheriklar uchun yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirish istiqboli muhokama qilinadi.
“Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasida esa eksportga yo‘naltirilgan, aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan milliy ishlab chiqaruvchilarimiz mahsulotlari namoyish etiladi.
G.Sattorova, O‘zA