French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekiston pochtasi» endi yangicha tizim asosida ishlaydi
16:05 / 2021-12-14

«O‘zbekiston pochtasi» AJ o‘zining «Yangi imkoniyatlar kuchi» nomli rebrending jarayonini taqdimot qildi. Unda yangi pochta tizimida mijozlarni kutayotgan yangiliklar haqida ma’lum qilindi.

«O‘zbekiston pochtasi» AJ kompaniyasi yangilanish jarayoniga ya’ni rebrendingning birinchi bosqichiga start berdi. Kompaniya “Uzpost”- yangi nom, yangi logotip va yangi ranglar palitrasi bilan mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini yaratmoqda.

2021 yilning oxiriga qadar to‘liq ishga tushiriladigan  yangi tizim muhim o‘zgarishlardan biridir. Tizim jarayonlarni optimizatsiya qilishga, pochta jo‘natmalarini rasmiylashtirish bosqichlarini qisqartirishga yordam beradi.

Endilikda, «O‘zbekiston pochtasi» mijozlari o‘z uylaridan chiqmasdan, jo‘natmalarini veb-sayt, mobil ilova yoki "telegram" orqali rasmiylashtirisha oladi.

ID kod olgan mijoz o‘ziga yaqin pochta bo‘limiga keladi va uni ko‘rsatgan holda, operator mijoz tomonidan oldinroq kiritilgan ma’lumotlar bilan tizim orqali tanishib, jo‘natmani rasmiylashtiradi.
Shuningdek, oldinlari «O‘zbekiston pochtasi» mijozlari o‘z jo‘natmalari qayerda ekanligi haqida ma’lumotga ega bo‘lmagan bo‘lsa, yangi tizim orqali onlayn tarzda jo‘natmalarni kuzatib bora oladi.

Ushbu o‘zgarish nafaqat pochta mijozlariga, balki kompaniyaning o‘ziga ham yordam beradi.

Chunki, jo‘natmalarning qaysi bosqichlarida eng uzoq uzilishlar yoki kutishlar kuzatilishi haqida ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Ushbu ma’lumotlar  kompaniyaning joylardagi muammolarni aniq hal qilishiga yordam beradi.

Pochta bo‘linmalarida yangi kompyuter texnikalari, to‘lovni qabul qilishning mobil qurilmalari taqdim etildi.

Qolaversa, yangi formatdagi pilot bo‘linmalar ochildi. Kelgusida ularning andozasi bo‘yicha mamlakat bo‘ylab barcha pochta bo‘linmalari yangilanadi. Shuningdek, kompaniya avtomatlashtirilgan majmualar - pochtomatlarni ham joriy qildi.

Ular orqali mijozlar jo‘natmalarini o‘zlari olishi mumkin. Bugunga kelib, respublikada 30 ta pochtomat o‘rnatilgan.

O‘zbekiston bo‘ylab 900 dan ortiq pochta bo‘linmalarida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 34 taga yetkazildi.

Keyingi yil boshida «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan Toshkent, Buxoro, Xorazm va Asaka shaharlarida 4 ta fulfilment markazlari ishga tushirilishi reja qilingan. 2025 yilgacha mamlakat bo‘ylab avtomatlashtirilgan fulfilment markazlari soni 30 tagacha yetkazilishi kutilmoqda.
Rebrending doirasida kompaniya o‘zining savdo platformasini ham ishga tushirdi. “Unisavdo”  nomli ushbu platforma Android va iOS tizimlari uchun mobil ilovalari 2021 yilning may oyida taqdim etilgan bo‘lib, 300 dan ortiq tadbirkorlar “Unisavdo” da o‘z mahsulotlarini joylashtirish uchun shartnomalar imzoladi. bugungi kunga kelib, platformada 14 000 dan ortiq mahsulot joylashtirilgan va ular respublika bo‘ylab yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, «O‘zbekiston pochtasi» AJ to‘lovlarni qabul qilishning pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning yangi tizimi - “Avval«ni ishga tushirdi.  Bu tizim - pochta tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshiradigan yagona markazlashgan dastur bo‘lib, uning yordamida mijozlar 100 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

 

Maftuna Karimova, O‘zA