O‘zbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi
Ma’lumki, piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki iste’mol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yurtimizda joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgan edi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, 2023 yil 15 martdan mamlakatimizda piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.
O‘zA