English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston paviloni xalqaro ko‘rgazmada yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi
15:14 / 2025-10-13

Osakadagi "Shining Hat" Ekspo-xollida Butunjahon ko‘rgazmalar byurosi ("BIE") mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu marosim "EXPO 2025 Osaka, Kansai" Xalqaro ko‘rgazmasining yorqin yakuniy akkordi bo‘ldi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston paviloni 1500 m² gacha maydonli pavilonlar orasida o‘z toifasidagi eng oliy mukofot — "Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi" nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qarorni pavilonga tashrif buyurgan to‘qqiz nafar ekspertdan iborat xalqaro hakamlar hay’ati qabul qildi. Mukofotlar besh turdagi pavilonlar o‘rtasida uchta asosiy nominatsiya — «Arxitektura va landshaft», «Ko‘rgazma dizayni» va «Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi» bo‘yicha topshirildi.

— Biz taqdim etgan "Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya" konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi, — dedi (https://t.me/SShMirziyoyeva/3208) Saida Mirziyoyeva.

Prezident Administratsiyasi rahbari professionallik va ushbu loyihaga bo‘lgan ishonch uchun butun jamoaga, shuningdek, xalqaro hamkorlarga minnatdorlik bildirdi.

O‘zA