Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston “Partnerships Awards – 2022” mukofotini qo‘lga kiritdi
17:53 / 2022-05-20

Joriy yilning 19 may kuni Londondagi “The Hilton on Park Lane”da “The Partnership Awards” davlat va xususiy sektor yo‘nalishlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat sektorining “Yil targ‘ibotchisi” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Aytish joizki, bu e’tirof davlatimiz rivojlanish strategiyasi negizida DXSH dasturining katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 

Tadbirda ushbu nufuzli mukofotni O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov qabul qilib oldi. 

Bundan tashqari, eng yaxshi kommunal xizmatlar loyihasi nominatsiyasida ikkita loyiha finalchilar qatoriga kiritilgan. BAAning “Masdar” kompaniyasining 457 megavattli “Sherobod QES” DXSH loyihasi va  “Veolia Energy Tashkent” MCHJning Toshkent shahar isitish tarmog‘ini ishlatish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihasidir. 

Tantanali marosimda 2021-2022 yillar “The Partnership Awards” mukofot g‘oliblari e’lon qilinar ekan, ushbu tadbir jamoa va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan hamkorlik va loyihalarni nishonlash uchun DXSH sohasining barcha jabhalaridan yuqori lavozimli vakillarini bir maqsadga birlashtirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, “Partnershis Awards” (Sheriklik mukofoti) mukofoti sohadagi mukammallikni e’tirof etishning eng katta va eng nufuzli sovrini hisoblanadi. “Partnershis Awards” muhim ahamiyatga egaligi shundaki, ular eng kuchli tanqidchilar tomonidan baholanadi. U davlat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va saqlash uchun sheriklik aloqalarini o‘rnatadigan davlat va xususiy sektor rahbarlariga muhim ma’lumotlarini taqdim etadi. 

“Partnershis Awards” mukofotini 2018 yilda Bangladesh, 2017 yilda Melburn va 2016 va 2014 yillarda esa Filippin qo‘lga kiritgan.  

O‘zA