French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumi bo'lib o'tdi
21:40 / 2023-11-21

Poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “O‘zbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumi” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forumda “Mikrokreditbank” ATB ham shu yo‘nalishdagi tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mahsulotlari hamda xizmat turlari bilan ishtirok etdi.  

Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu anjumanda dunyoning 20 davlatidan 100 dan ortiq yirik xorijiy parrandachilik kompaniyalari hamda 300 dan ortiq mahalliy parrandachilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.  

Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va sohaga doir boshqa hujjatlar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Tegishli qarorlarga muvofiq parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 mln. dollar miqdoridagi resurs mablag‘laridan 1-bosqichda 529,2 mlrd. so‘m mablag‘ Mikrokreditbankka ajratildi.

O‘tgan davrda, ushbu resurs mablag‘lari hisobidan 228 ta parrandachilik loyihalariga jami 641,1 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Ya’ni 2021 yilda 135 ta loyihaga 302,5 mlrd. co‘m, 2022 yilda 79 ta loyihaga 221,9 mlrd. co‘m, 2023 yida 14 ta loyihaga 117,1 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirildi.  

Ajratilgan kreditlar hisobiga parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan 485 mlrd. so‘mlik 100 ming tonna ozuqa, 94,4 mlrd. so‘mlik 6,3 mln. bosh parranda, 12,8 mlrd. so‘mlik uskunalar, 34,3 mlrd. so‘mlik inkubatsion tuxum, vaksina va boshqa zaruriy mahsulotlar olib kelingan.  

Bu kabi ishlar natijasida parrandachilik xo‘jaliklarining parranda boqish quvvatlari 43 foizdan 83 foizga yetkazilishiga erishildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yetakchi mamlakatlar bilan sohada hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda ichki va tashqi bozordagi talab sifatini ta’minlash va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazish, parrandachilik xo‘jaliklari tarmog‘ini yanada kengaytirish, barcha mexanizm sharoitlarini o‘rganish va olib kirish, ish o‘rinlarini yaratishda aholi qatlamini jalb qilish masalasida samaradorlik sari qadam qo‘yilmoqda.  

Forum doirasida AQSH, Xitoy, Indoneziya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Belorus, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarning ilg‘or kompaniyalari mutaxassislari tomonidan, hozirgi kunda parrandachilik sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilib, ular bilan mahalliy mutaxassislarimiz o‘rtasida, texnika-texnologiyalar xarid qilish va ularni moliyalashtirishda xorijiy kredit va lizing mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirildi.  

Shu bilan birga mazkur xalqaro forum doirasida, parrandachilik uyushmasi tomonidan xorijdan kelgan kompaniyalarning O‘zbekiston parrandachilik korxonalari bilan yaqindan tanishtirish va kelgusida hamkorlik masalalarini mustahkamlash maqsadida “B2B” uchrashuvlar, xizmat sayohatlari hamda turli tadbirlar tashkil etildi. Ularga avvalgi anjuman doirasida tayyorlanib, 2023 yildagi axborotlar bilan boyitilgan “O‘zbekiston parrandachilar ma’lumotnomasi" ham taqdim etildi.  

“O‘zbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumi”da parrandachilik sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro mutaxassislar va mahalliy tadbirkorlar minglab yangi istiqbolli shartnomalar imzolashga erishdi.

Yangi kelishuvlar platformasi vazifasini bajargan anjumanda O‘zbekiston eksport-import salohiyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazuvchi hamkorlik loyihalari ham muhokama qilindi.  

Ikrom Avvalboyev, O'zA

Reklama huquqi asosida