Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Parij kelishuvi mexanizmiga tayyorgarlikni kuchaytirdi
17:08 / 2026-03-04

Toshkentda Parij kelishuvining 6.2-moddasini amaliyotga joriy etish hamda Qo‘shma kreditlash mexanizmi (JCM)ni tatbiq etish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan yuqori darajali texnik trening tashkil etildi. BMT Taraqqiyot dasturi (BMT TD) va O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan uyushtirilgan tadbirda vazirlik va idoralar, davlat korxonalari, xususiy sektor vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Yaponiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan mazkur loyiha respublikamizda innovatsion dekarbonizatsiya yechimini ilgari surish, davlat inshootlari va jamoat transportida energiya samaradorligini oshirish orqali bug‘ gazi chiqindisini kamaytirishga qaratilgan.

Tadbir davomida Parij kelishuvining tegishli moddasi doirasidagi xalqaro mexanizm, emissiyani kamaytirish natijasini hisobga olish tizimi, monitoring va verifikatsiya jarayoni hamda milliy ruxsat berish tartibi yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, JCM boshqaruv mexanizmi va loyihani amalga oshirish bosqichlariga oid ilg‘or tajriba taqdim etildi.

[gallery-27963]

Xalqaro ekspertlar boshqa mamlakatlar ish uslubi bilan o‘rtoqlashdi, mamlakatimiz uchun ustuvor yo‘nalishlar – qayta tiklanadigan energiya, sarf samaradorligi va sanoat imkoniyati muhokama qilindi. Inter faol sessiyada mamlakatning institutsional tayyorgarligi baholanib, dastlabki harakatlar rejasi ishlab chiqildi.

Ekspertlar fikricha, mazkur tashabbus O‘zbekiston xalqaro uglerod bozoriga faol kirib borishi uchun zamin yaratadi. Shuningdek, iqlimni innovatsion moliyalashtirish imkoniyatini kengaytiradi. Dekarbonizatsiya jarayonini jadallashtirib, yurtimiz yashil, barqaror iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o‘tishiga ko‘maklashadi.

Musulmon Ziyo, Oybek Pardayev (surat), O‘zA