French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston para dzyudo tarixida yangi sahifa ochildi
11:03 / 2025-05-16

Uljon Amriyeva Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan tarixdagi birinchi o‘zbekistonlik ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi

Qozog‘istonning Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi. Mazkur musobaqada terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.  

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, dunyo birinchiligida vazni -60 kg. bo‘lgan Uljon Amriyeva J1 toifasidagi bahslarning barchasida g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu natija bilan Uljon Amriyeva Jahon chempionatida shohsupaga ko‘tarilgan tarixdagi birinchi o‘zbekistonlik ko‘zi ojiz para dzyudochiga aylandi.  

Shuningdek , -64 kg. vazndagi dzyudochilar orasida Kemran Nurillayev (J2) ham delegatsiyamiz hisobiga oltin medal keltirgan bo‘lsa, finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan Sherzod Namozov (-64 kg. J2) va Davurxon Karomatov (-95 kg. J2) kumush medal bilan taqdirlandi. Mohinur Farmonova (+70 kg. J2) bronza medaliga ega chiqdi.  

Ushbu yuksak natijalar mamlakatimizda para sportga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir. Para dzyudochilarimizning bu muvaffaqiyatlari kelgusidagi nufuzli musobaqalarda ham qayd etilishiga ishonamiz.  

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA