Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida ikki o‘ringa ko‘tarildi
15:00 / 2022-04-22

Economist Intelligence Unit tahlil agentligi tomonidan Global oziq-ovqat indeksi (GFSI ) ishlab chiqilgan va u har yili qaytadan tuzib chiqiladi.

2021 yilda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha global tadqiqot va uning reytingi o‘ninchi marotaba e’lon qilindi. GFSI oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, dunyodagi 113 ta mamlakatning tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni ko‘rib chiqadi. 2019-2021 yillar bo‘yicha umumiy reytingda O‘zbekiston ikki pog‘ona ko‘tarildi va 2021 yilda 113 ta mamlakat orasida 78-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonning umumiy to‘plagan ballari 0,7 birlikka pasaygan. Shunday qilib, reytingdagi o‘rnimizning yaxshilanishi pandemiya davrida dunyoning boshqa mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligiga erishish yo‘lidagi salbiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq. To‘plangan ball O‘zbekistonga oziq-ovqat xavfsizligi darajasi mo‘’tadil bo‘lgan mamlakatlar guruhidagi o‘rnini saqlab qolish imkonini berdi.

O‘zbekiston «Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati» kategoriyasi bo‘yicha mavqeini 15 punktga yaxshiladi.

Mutaxassislar «Tabiiy resurslar va barqarorlik» kategoriyasida O‘zbekiston bo‘yicha bahoni sezilarli darajada yaxshiladi. Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha sa’y-harakatlarning yuqori baholanishi reytingda mamlakatimizga ushbu kategoriyada 19 pog‘ona ko‘tarilish imkonini berdi.

Mamlakat darajasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekiston reytingini yaxshilash uchun birinchi o‘rinda O‘zbekistonning baholari eng yomon bo‘lgan «og‘riqli» nuqtalarga e’tibor qaratish zarur:

Suv resurslari. Jahon resurslar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun suv resurslari sohasidagi xavf juda yuqori. Ushbu ko‘rsatkichlarni yillik umumiy suv olishni kamaytirish orqali yaxshilash mumkin. Buning uchun esa barcha bosqichlarda suv yo‘qotishni qisqartirish zarur. Ayniqsa, O‘zbekistonning eng zaif hududlar sifatida ajralib turgan 3 ta hududi – Samarqand, Navoiy va Jizzax viloyatlarida suv yo‘qotishlarni qisqartirishga alohida e’tibor qaratish zarur.

Aholining kambag‘allik darajasidan tashqaridagi ulushi (2011 yilda Xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo‘yicha aholining kunlik daromadi 3,20 AQSH dollarini tashkil etgan % qismi). Mutaxassislar Jahon banki bazasidan 2003 yilda o‘tkazilgan so‘nggi baholashga oid ma’lumotlarni olgan. Bu esa kambag‘allikni baholashning milliy tizimini tasdiqlash va baholashni har yili o‘tkazish zarurligiga ishora.

Oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha qiymatining o‘zgarishi. Iste’mol oziq-ovqat mahsulotlari narxining yillik o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun ichki bozorda o‘zimizda ishlab chiqariladigan, shuningdek, mos narxlarda import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari taklifini oshirish zarur. Shu bilan birga narxlarning asossiz ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun belgilangan tariflarni qayta ko‘rib chiqish kerak.

D.Ilina

PMTI loyiha rahbari