English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi
10:02 / 2022-09-30

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2019-2022 yillarda O‘zbekistonning Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksidagi o‘rni qanday o‘zgarganini tahlil qildi.

Natijalarga ko‘ra, 2019-2022 yillar bo‘yicha umumiy reytingda O‘zbekiston o‘n ikki pog‘ona ko‘tarilgan. 2022 yilda 113 ta mamlakat orasida 73-o‘rinni egallagan. 

Shuningdek, O‘zbekiston 2019-2022 yillarda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga erishgan 10 ta mamlakat ichida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston “Iqtisodiy foydalana olish imkoniyati” kategoriyasi bo‘yicha 18 pog‘ona, “Sifat va xavfsizlik” kategoriyasi bo‘yicha 3 pog‘ona, “Barqarorlik va moslashish” kategoriyasi bo‘yicha 36 pog‘ona ko‘tarildi.

Ma’lumot o‘rnida,  Global oziq-ovqat xavfsizligi indeksining reytingi “Economist Intelligence Unit” tahlil agentligi tomonidan “Corteva Agriscience” ko‘magida har yili qayta tuziladi. 2022 yilning 20 sentyabrida nashr etilgan "GFSI-2022" indeksning o‘n birinchi nashridir.  GFSI oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, ularning mavjudligi va xavfsizligi, shuningdek, dunyodagi 113 ta mamlakatning tabiiy resurslari va barqarorligiga oid masalalarni muntazam tahlil etib boradi.  
 
 

O‘zA