O‘zbekiston–Ozarbayjon: Yoshlar diplomatiyasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Ma’lumki, O‘zbekiston – Ozarbayjon munosabatlari har sohada rivojlanib, turli yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari kengaymoqda.
Xususan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida O‘zbekiston va Ozarbayjon yoshlarining do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan muhim konferensiya tashkil etildi.


Tadbirda Ozarbayjondan tashrif buyurgan “Yosh islohotchilar” jamoat birlashmasi ham ishtirok etdi. Konferensiya davomida ta’lim, madaniyat, innovatsion tashabbuslar, qo‘shma loyihalar hamda yoshlar diplomatiyasi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.


Mas’ullarning qayd etishicha, bu uchrashuv ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik sari yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA