O‘zbekiston – Ozarbayjon: ta’lim sohasidagi hamkorlik rivoji yo‘lida
Yaqinda Ozarbayjonda Boku davlat universiteti (BDU) rektori Elchin Babayev va O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Axborot hamkorimiz - “AzerTAJ”ning xabar berishicha, uchrashuvda ikki qardosh mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi mavjud aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, xususan, ommaviy axborot vositalari sohasida o‘zaro malaka oshirish va tadqiqot olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, muloqot davomida tomonlar O‘zJOKU va BDU o‘rtasida ikki diplom ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish, birgalikda qo‘shma loyiha va tadbirlar o‘tkazish hamda jurnalistika sohasida kadrlar tayyorlash masalalarini muhokama qilishdi.
M.Pirmatova, O‘zA