Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Ozarbayjon qo‘shma korxonasi ishga tushirildi
12:22 / 2023-07-18

Ma’lumki, Ozarbayjon davlati bilan ipakchilik sohasidagi ilk hamkorlik 2019 yili bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamdo‘stligi sammitida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan memorandum asosida boshlangan.

Ushbu memorandumda Ozarbayjon davlatida ipakchilik sohasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan berilayotgan amaliy ko‘mak natijasida ushbu soha yangi bosqichga ko‘tarildi.      

Xususan, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, Ozarbayjonda ipakchilik klasterlari tashkil qilinib, pilla mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish va tut ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.   

Hozirda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi O.Jumayev mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida Ozarbayjonda bo‘lib turibdi. 

Unga ko‘ra, ayni vaqtda Ozarbayjonning Barda tumanida  "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi ko‘magi bilan "Az Silk" O‘zbekiston- Ozarbayjon qo‘shma korxonasi, jumladan, pillani qayta ishlash korxonasi qurib bitkazilib, dastgohlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.    

Joriy yil bahorgi pilla mavsumida qo‘shma korxona tomonidan Ozarbayjonning 7 ta tumanida aynan mamlakatimizdagi tajribani qo‘llab, 102 tonna pilla yetishtirildi.    

80 nafar fuqaro ish bilan band qilindi, shuningdek, 15 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar doimiy ravishda Barda tumanida ozarbayjonlik hamkasblarining agrotexnika va qayta ishlash bo‘yicha malakasini oshirib kelmoqda.    

 

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA