French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Ozarbayjon: pillachilik sohasida hamkorlik rivojlanmoqda
17:03 / 2023-09-19

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi ko‘magida Ozarbayjonda bir necha yillardan buyon pillachilik sohasi rivojlanmoqda. Dastlab barpo etilgan Pillani yetishtirish va ipak mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bo‘lib, 2023 yilda ham bir nechta yangi qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

Shunga ko‘ra, "O‘zbekipaksanoat" uyushmasida Ozarbayjon Respublikasi Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Z.Gadirov hamda agentlikning investitsiyalar bo‘limi boshlig‘i S.Gasanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.    

Uchrashuv avvalida mehmonlarni "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Hakimov uyushma shourumi bilan tanishtirdi.  Shuningdek, respublikamizdagi ipakchilik tarmog‘iga yaratib berilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar xususida ma’lumot berdi.  

Qayd etilganidek, Ozarbayjonda shu kunga qadar ikkita qo‘shma loyiha amalga oshirilgan hamda ular to‘liq quvvatda ishlab kelmoqda. Ulardan biri "Az Silk" O‘zbekiston-Ozarbayjon pillachilik klasteri bo‘lsa, ikkinchisi "Azting" tutchilikka ixtisoslashgan xo‘jalikdir.    

Mazkur uchrashuv bugunga qadar yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, Ozarbayjon ipakchiligida O‘zbekiston tajribasini qo‘llashda muhim ahamiyatga ega.    

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA