Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Ozarbayjon: istiqbolli hamkorlik samaralari
16:46 / 2022-10-03

Buxoro viloyatiga Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan samimiy va do‘stona kutib olingan mehmonlar mahalliy ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashdi.

“O‘zbekiston – Ozarbayjon qardosh xalqlarining do‘stligi abadiy bo‘lsin!” shiori ostida tashkil qilingan tadbirda viloyat hokimligi Mahallabay va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shohrux Amonov hamda “Buxoro agro” erkin iqtisodiy zonasi direktori Furqat Tillayevlar tomonidan viloyatning investitsiya salohiyati, sanoat va iqtisodiyot tarmoqlarida tadbirkorlik sub’ektlari ulushi, xorijiy sarmoya asosida rivojlanib borayotgan tarmoqlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

[gallery-9017]

Samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirgan Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi mutasaddilaridan biri “Marsal” biznes shirkati raisi Tural Mustafayev hamda Ozarbayjon kichik va o‘rta biznes markazi rahbari Emil Mamedovlar O‘zbekistonda, jumladan, qadimiy va navqiron Buxoroda xorijiy ishbilarmonlar uchun yaxshi biznes muhiti shakllanganini e’tirof etdi. O‘zaro teng manfaatli bitimlarni imzolashga va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shundan so‘ng qardosh xalq tadbirkorlar delegatsiyasi viloyatdagi investitsiya muhiti bilan tanishish maqsadida yirik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini o‘zida jamlagan erkin iqtisodiy zona, Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bo‘lishdi. V2V ko‘rinishida muzokaralar o‘tkazildi.

Ko‘hna va boqiy Buxoroning qadimiy me’moriy obidalari ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA