French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Ozarbayjon hamkorligida yangi operator ofisi faoliyat boshladi
15:36 / 2025-12-05

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning energetika sohasidagi xalqaro hamkorlik jihatidan amalga oshirayotgan islohotlari yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, Ozarbayjon bilan neft-gaz yo‘nalishidagi o‘zaro aloqalar kengayib, qo‘shma loyihalar orqali strategiyaviy yo‘nalishlarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xususan, Energetika vazirligi, Ozarbayjon Respublikasining Davlat neft kompaniyasi (SOCAR) va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va keyinchalik uglevodorodlarni qazib olishni nazarda tutuvchi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.  

Mazkur hamkorlik doirasida Toshkentda  bitim loyihasi operatori - “Ustyurt Operating Company” ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olganlarning ta’kidlashicha, ushbu voqea mamlakat energetika sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirish va O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Operator ofisining tashkil etilishi loyihani amalga oshirishning faol bosqichiga o‘tilganini anglatadi.  

Qisqa muddat ichida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi, operator kompaniyasi tashkil etildi va ro‘yxatdan o‘tkazildi, professional jamoalar shakllantirilib, zarur ruxsatnomalar olindi. Ayni paytda dala geologiya-qidiruv ishlariga tayyorgarlik boshlangan.

Jamiyat axborot xizmati mutaxassisi Inobat Ernazarovaning ta’kidlashicha, "Ustyurt Operating Company” mamlakat resurs zaxiralarini mustahkamlash, geologiya-qidiruv samaradorligini oshirish va uzoq muddatli energetik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.  

– Kompaniyaning asosiy vazifasi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va tarmoqni barqaror rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu loyiha davlatlararo aloqalarni kengaytirishda muhim poydevordir. Loyiha doirasida shakllanayotgan yangi boshqaruv va hamkorlik mexanizmlari ikki mamlakatning umumiy manfaatlarida muhimdir. Yangi ofisning ochilishi hamkorlikning institutsional bazasini mustahkamlaydi va keyingi bosqichlardagi faol ishlar uchun keng sharoit yaratadi, – dedi I.Ernazarova.

N.Ziyodullayeva, O‘zA