O‘zbekiston – Ozarbayjon hamkorligi kengaymoqda
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Boku shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro savdo yo‘nalishlaridagi ko‘p qirrali hamkorlikning ijobiy o‘sish sur’ati qayd etildi.
Energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va mashinasozlik sohalarida sheriklik ko‘lamini kengaytirish uchun salohiyat yuqori ekani ta’kidlandi.
O‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
O‘zA