O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish departamenti direktori Timur Husanov Bokuda Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning “Kichik va o‘rta biznes monitoringi-2025” hisoboti taqdimotiga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdi.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatimiz OTB, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar ko‘magida 2030 yilgacha Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqqan.
– OTB, Jahon banki va yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli yondosh tuzilmalar vakillari ishtirokida bir necha davra suhbatlari o‘tkazildi, – dedi mulozim. – Strategiyamizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri dunyoning yirik bozorlariga chiqish. Bu jarayon, odatda, ikki va ko‘p tomonlama sa’y-harakat bilan amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan, Ozarbayjon biz uchun o‘xshash mentalitet, ko‘p yillik iqtisodiy aloqalarga ega qardosh mamlakat. Shuning uchun ayni hamkorlikni rivojlantirish muhim, deb hisoblaymiz. Mazkur jarayon mamlakat ichida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek tez rivojlanayotgan biznes xorijiy bozorga chiqishini qo‘llab-quvvatlash choralarini nazarda tutadi. Bu borada transport tizimini rivojlantirish, xususan iqtisodiyot barqarorligini ta’minlaydigan ishonchli infratuzilma shakllantirish ham juda muhim.
Qolaversa, Iqtisodiyot vazirligi strategik ahamiyatga ega vazifamizdan kelib chiqib, biz tadbirkorlarimiz uchun qulay, zamonaviy shart-sharoit yaratishimiz zarur.
M.Pirmatova, O‘zA