French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston o‘rik eksport qiluvchi yetakchi davlatlardan biri sanaladi
16:23 / 2025-08-13

Quritilgan mevalar eng foydali oziq-ovqatlardan biri sanaladi. Boisi bunday mahsulotlar to‘g‘ri quritilganida o‘zida barcha vitamin va minerallarni saqlab qoladi. Tarkibidagi tolalar ichakning ishlashiga foydali ta’sir o‘tkazadi hamda ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Mamlakatimizda yetishtirilayotgan mevalarning o‘ziga xos foydali xususiyatlari dunyo davlatlarini hamisha jalb etib kelgan.

Birgina o‘rikning naqadar foydali ekani xususida bilmagan inson bo‘lmasa kerak. ITC (Trademap.org) ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Turkiya quritilgan o‘rik importida dunyoda AQSH, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya davlatlaridan so‘ng 6-o‘rinda qayd etilgan.

O‘tgan yili ushbu davlat umumiy hisobda 5 002 tonna quritilgan o‘rik import qilgan bo‘lib, buning uchun 20,9 million AQSH dollari sarflangan (o‘rtacha 1 kg/4,18$). O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston 2024 yilda Turkiyaga quritilgan o‘rik eksportida dunyo bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bu natija yurtimiz eksport salohiyatining oshib borayotganidan dalolat beradi.

 Turkiya davlatiga quritilgan o‘rik eksport qilgan top-5 ta davlat bilan tanishtiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston – 1 762 tonna (6,52 mln. $), ko‘rsatgich bilan birinchi o‘rinda, Afg‘oniston – 1 020 tonna (3,5 mln. $) bilan ikkinchi o‘rinda, undan so‘ng Germaniya – 453 tonna (3,34 mln $), Tojikiston – 261 tonna (2,13 mln $) bilan to‘rtinchi o‘rinda, Eron – 200 tonna (1,03 mln. $). 

Raqamlardan anglash mumkinki, birgina Turkiyaning o‘zida yurtimiz mahsulotlari bo‘lmish o‘rikka shuncha ehtiyoj bor ekan. Bu esa albatta quvonarli.

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA