Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi rahbariyati saylandi
16:56 / 2023-07-13

Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibiga muvofiq, federatsiyaning 2022 yilgi hisoboti tinglandi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda sezilarli o‘sishga erishilgani sportchilarning qit’a va jahon chempionatlarida qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlarida aks etayotgani bildirildi.  

Shundan so‘ng O‘zbekiston o‘q otish sporti federatsiyasi rahbariyatini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, federatsiyaning amaldagi raisi Oybek Norinboyev nomzodi tashkilot rahbarligiga, Doniyor Qodirov, Hamdam Qarshiyev, Ramiz Yenaliyev rais o‘rinbosari, Mardonbek Davronov federatsiya bosh kotibi vazifalariga saylandi.  

Yig‘ilishda "Xanchjou-2022" Osiyo va "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlarida merganlarimizning munosib ishtirokini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil etildi.  

Tadbir yakunida so‘nggi yillarda xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda munosib natijalarga erishgan Muhammad Kamalov, Vladimir Svechnikov hamda Namangan viloyati murabbiyi Vadim Kandakov bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA