Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oliy ta’limiga kredit modul tizimi kerakmi? (+video)
11:14 / 2022-10-28

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining @uza_uz telegram kanali orqali bo‘lib o‘tgan ovozli chatda «O‘zbekiston oliy ta’limiga kredit modul tizimi kerakmi?» mavzusida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Ovozli chatda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi direktor o‘rinbosari Muzaffar Esanov hamda Qat’iy hisobdagi hujjatlar bo‘limi boshlig‘i Odil Toshpo‘latovlar ekspert sifatida ishtirok etishdi.  

– O‘zbekiston OTMlari kredit modul tizimida ishlash jarayoni qachondan boshlandi. Va bu o‘zi qanday tizim?  

– Kredit modul O‘zbekiston oliy ta’limi uchun yangi tizim sifatida qaralsa-da, xalqaro tajribada uzoq davrlardan beri foydalanib kelinayotgan tizim hisoblanadi. 2019 yilda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida qo‘yilgan vazifalarga muvofiq O‘zbekistondagi OTMlar kredit modul tizimiga o‘tdi. 2020-2021 yilda 35 ta OTMlar kredit modul tizimiga o‘tkazildi. 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab esa respublikamizdagi barcha Oliy ta’lim muassasalari kredit modul tizimiga to‘liq o‘tdi. Bu yilgi o‘quv yilida 3 yillik tajriba asosida shu tizimda faoliyat olib boryapmiz.  

bugungi kunda dunyoda amaliyotda bo‘lgan 4 ta kredit modul tizimi haqida aytib o‘tishimiz joiz. Ya’ni Amerika qo‘shma shtatlarining kreditlarini yig‘ib borish, Britaniya, Osiyo tinch okeani universitetlari, Yevropa kreditlarini to‘plash va o‘tkazish haqida to‘xtalib o‘tishimiz kerak.  

Bugun biz O‘zbekistonda amal qilayotgan tizim Yevropa kreditlarini ko‘chirish va o‘tkazish tizimiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bugungi kunda yurtimizda kredit modul tizimi amaliyotga kiritilmoqda.  

– Bu tizim O‘zbekiston Oliy ta’limiga qay darajada kerak?  

– Har qanday ta’lim jarayoni xalqaro globallashuv jarayonidan alohida rivojlanishi mumkin emas. Chunki ma’lum bir qobiqdagi ta’lim natijalari eng avvalo davlatning o‘zigagina xizmat qiladi, xolos. Bu yerda xalqaro tajribani, dunyoda ilmiy va o‘quv sohasida bo‘layotgan yutuqlarni o‘zlashtirish, ta’limga buni tatbiq etish uchun birinchi navbatda xalqaro ta’lim makonidagi integratsiya juda ham zarur. Xalqaro mehnat bozoridagi talablar asosida kadrlarning tayyorlanishi nafaqat respublikamizdagi mehnat bozorini, balki xalqaro malaka doirasida ham kadrlar tayyorlash imkonini beradi.  

Bu tizim albatta kerak edi. Chunki XXI asrning boshlari XX asrning oxirlarida bitiruvchi ya’ni bo‘lajak kadrlarning bilimini mehnat bozorida baholash ularning sindirilishiga olib keldi. Xalqaro mehnat bozori, umuman, har qanday mehnat bozorida ham malakalarning baholanishga o‘tilishi bu kadrlarga qo‘yilayotgan talablarni keskin o‘zgartirib yubordi. Respublikamizda ham milliy malaka ramka doirasida prezidentimizning tegishli qarorlari asosida har bitta kasbga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Xalqaro talablar asosida kasblarga qo‘yilayotgan standartlarning yaratilishini xohlaymizmi-yo‘qmi, kredit modul asosida kadrlar tayyorlash zarur.  

— Talaba o‘qishni ko‘chirib kelganida pul to‘lash bilan bog‘liq jarayonlar qanday amalga oshiriladi?  

— Yurtimizda o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq savollar kundan-kunga ko‘payib boryapti. Hozir bizda 4-kurslar oldingi tizim bo‘yicha 1-2-3- kurslar kredit modul tizimida tahsil olishyapti. Bu tizimda bir marta taklif etilgan ta’lim bo‘yicha yig‘ib olinmagan kreditlar qayta pul to‘lash orqali o‘zlashtiriladi. Bu xalqaro tajribada bor. Fanlar farqi bugungi kunda to‘lanadimi, degan savol kelib chiqishi tabiiy. Agar fanlar farqi qarorda belgilangan talablardan ko‘p bo‘lsa, universitetning ichki kengashida hal etiladigan masala. Misol uchun, 4 tagacha holatlarda fanlar farqini shundayligicha topshirish imkoniyati yaratilgan.  

 <iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/TSa6H4JhCtA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA