Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o‘rni
13:57 / 2024-02-09

Mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, ilmiy faoliyatga jalb etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu islohotlar natijasini olima ayollarning fanga qo‘shayotgan hissasidan ham bilish mumkin. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston olima ayollarining xalqaro maydondagi o‘rni” mavzusidagi forumda fan va texnikaning turli yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan olima ayollarning amalga oshirayotgan ilmiy loyihalari natijalari va xalqaro darajadagi yutuqlari muhokama qilindi. 

Forum doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanib o‘z qobiliyatini namoyon etayotgan xotin-qizlarning amalga oshirayotgan loyihalari targ‘ib qilindi. 

Bunday targ‘ibotlar esa olima, o‘qituvchi, ixtirochi, muhandis, loyihachi, dasturchi, shifokor, farmatsevt ayollar hamda talaba qizlar orasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilishiga xizmat qiladi. 

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri.