Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston oftalmologlarining simpoziumi o‘tkazilmoqda
12:25 / 2023-05-26

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida O‘zbekiston oftalmologlarning simpoziumi o‘tkazilmoqda. Gibrid formatda o‘tkazilayotgan ushbu simpoziumda tibbiyot markazi va uning tasarrufidagi muassasalar mutaxassislari, chet ellik tajribali oftalmologlar ishtirok etmoqda.

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oftalmologiya sohasi bo‘yicha mamlakatimiz aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi markaz hisoblanadi.  

Tadbirda Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblangan katarakta va glaukoma jarrohligi, rekonstruktiv, shox parda, lazer jarrohligi, bolalar ko‘z mikroxirurgiyasi, plastik xirurgiya, individual ko‘z protezlarini yasash va qo‘yish kabi tibbiy xizmatlarni yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, sohadagi so‘ngi yutuqlar, xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashiladi.  

 

Qosimova, O‘zA