Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – ochiqlik va taraqqiyot yo‘lidagi ishonchli hamkor
19:19 / 2025-09-08

Munosabat

O‘zbekiston globallashuv jarayonida taraqqiyot mezonlarini yaratish va mustahkamlash bo‘yicha asosli tashabbuslarni ilgari surmoqda. Bu, xalqaro maydonda o‘z so‘zini ayta olish bilan birga, strategik salohiyatni talab etuvchi jarayondir. Ekspertlar bunday tashabbuslarni ona zamin farovonligi va insoniyat kelajagining garovi sifatida baholamoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari mustahkam rivojlanib bormoqda. Bu, tabiiyki, ikki davlat yetakchilarining o‘zaro ishonchi va siyosiy irodasi samarasidir. 

Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez xonim ham yurtimizdagi islohotlarga o‘z munosabatini bildirdi.

– O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib bormoqda. Mamlakat takliflar borasida harakatlantiruvchi ilg‘or kuch sifatida namoyon bo‘lib, global muammolar – iqlim o‘zgarishi yoki mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘ladimi – ularga aniq yondashuv taklif qiladi, – dedi Oreliya Bushez xonim. – O‘zbekiston hamma uchrashishdan xursand bo‘ladigan mamlakat. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni haqli ravishda inqilobiy o‘zgarishlar deb atash mumkin.

Davlat rahbari uzoqni ko‘ra bilib, ikki ustuvor yo‘nalish – ochiqlik va islohotni mamlakat taraqqiyoti uchun asosiy yo‘nalish sifatida belgiladi. Muhimi, ushbu strategiya izchil va tizimli amalga oshirilmoqda. Bu mashaqqatli va uzoq muddatli jarayon bo‘lsa-da, uning samaralari allaqachon ko‘rinib turibdi.

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lidagi islohotlari ham bizda katta taassurot qoldirmoqda. Bu jarayon mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirishga xizmat qilmoqda va xalqaro standartlarga moslashish yo‘lida muhim qadamlar tashlanmoqda. Shuningdek, madaniy merosni asrab-avaylash va sohada kadrlar tayyorlash yo‘nalishidagi hamkorligimizdan mamnunmiz.

2022 yilda Luvr va Arab dunyosi institutida O‘zbekistonga oid ko‘rgazmalarning ochilishi fransuz jamiyati uchun ham unutilmas voqea bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyevning yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratganini ham qayd etish lozim. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi, bu esa katta ustunlikdir. Prezident ta’limni ustuvor vazifa sifatida belgilab, shunday degan edi: “Ta’lim, ta’lim va ta’lim! Najot – ta’limda”. Bu sifatli ta’lim orqali yoshlarni kelajakka tayyorlash, inson kapitalini rivojlantirish va ularni zamonaviy dunyo talablariga moslashtirish demakdir.

Chet tillarini bilish o‘zbekistonlik talabalarga xalqaro akademik almashinuv dasturlarida faol ishtirok etish imkonini beradi. Fransiya ham bundan mamnun va ko‘proq o‘zbekistonlik yoshlarni qabul qilishga tayyor. Shu bois O‘zbekiston – Fransiya universitetining ochilishi muhim qadam bo‘ldi.

Ikki davlat yetakchilari o‘rtasidagi samimiy munosabatlar hamkorlikka mustahkam asos yaratmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashriflari chog‘ida bu ishonch va iliq munosabatlar yaqqol namoyon bo‘ldi. Fransiya Prezidenti tomonidan Shavkat Mirziyoyevning “Faxriy legion“ ordeni bilan taqdirlanishi do‘stlik va hurmat ramzi sifatida tarixda qoladi.

Yaqinda esa O‘zbekiston Prezidentining shaxsan o‘zlari menga “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bu e’tibor va ishonch uchun minnatdorman.

O‘zA muxbiri 

Abdulaziz RUSTAMOV yozib oldi.