French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston notarial sohasi Osiyoda yana bir marrasiga erishdi
11:44 / 2025-12-04

Bugun Xalqaro notariuslar Ittifoqi Osiyo ishlar komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov  ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ikki muhim masala muhokama qilindi:

  •  2026–2028 yillar uchun XNI Osiyo ishlar komissiyasi Prezidentini qayta saylash;
  •  Osiyo mintaqasidan XNI Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga ovoz berish huquqiga ega vakilni tanlash.

Ovozlar berishlar yakuniga ko‘ra XNI  Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga  Dilshod Ashurovning nomzodi bir ovozda ma’qullandi. 

Bu bilan O‘zbekiston notariati  Osiyo miqyosidagi o‘z mavqeini yana bir bor mustahkamladi.

O‘zA