Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Notarial palatasi delegatsiyasi Xalqaro notariuslar ittifoqi komissiyasining yig‘ilishida qatnashmoqda
14:33 / 2024-05-10

Ayni kunlarda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov boshchiligidagi delegatsiya Belgrad shahrida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya joriy yilning 8-11 may kunlari Serbiya davlatining poytaxtida Xalqaro notariuslar ittifoqi Bosh Kengashi, Boshqaruv qo‘mitasi, mintaqaviy va mintaqalararo komissiyalari hamda Ishchi guruhlari majlislarida faol ishtirok etmoqda. 

Aytish joizki, Xalqaro notariuslar ittifoqi komissiyaning bu galgi yig‘ilishlari ham dolzarb mavzularga bag‘ishlangan. Kunning birinchi yarmida delegatsiya Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishida hamda Xalqaro notarial hamkorlik komissiyasi yig‘ilishida, ikkinchi yarmida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Ishchi guruhi yig‘ilishida qatnashdi. 


Aytish joikzi, Xalqaro notariuslar ittifoqi O‘zbekiston Notarial palatasi qisqa vaqt ichida sezilarli yutuqlarga erishganini, o‘tgan to‘rt yilda mamlakatimizda notariuslar faoliyatini kuchaytirish, shuningdek, notariat sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilganini o‘z rasmiy saytida e’tirof etdi. 

- Xalqaro kengashlarda ishtirok nafaqat O‘zbekiston notariat tizimini takomillashtirishga va aholiga qulayliklar yaratilishiga, balki delegatsiyalar tarkibida bo‘lgan notariuslar tomonidan mavzularni chuqur o‘rganish, ijobiy tajribalarni ommalashtirish, salbiy holatlarning oldini olishga, eng asosiysi, mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi, - deydi D.Ashurov.

Xalqaro notariuslar ittifoqi komissiyaning yig‘ilishi davom etmoqda.

O‘zA