Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston notarial palatasi delegatsiyasi Germaniyada
18:58 / 2022-05-25

Germaniya Federal notariuslar palatasi (Bundesnotarkammer)ning taklifiga binoan O‘zbekiston notariuslari delegatsiyasi Myunxen shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida vakillarimiz Myunxen shahrida 2022 yil 25-29 may kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro notariuslar ittifoqi Bosh kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Germaniya notariuslari Federal palatasi rahbariyati hamda notariuslari bilan uchrashdi.

Germaniya federal notariuslar palatasining Xalqaro ishlar bo‘yicha bosh vakili, sud maslahatchisi Richard Bok hamrohligida Myunxen shahri notariusi Regler Sikoraning notarial idorasi bilan tanishuv va o‘zaro muloqotlar samarali bo‘ldi.

R.Sikora vakillarimizga o‘z foliyati, notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi haqida to‘liq ma’lumot berdi.

O‘zaro muloqot davomida tajribadagi yaxshi jihatlar, hamkorlikda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlar bo‘yicha so‘z yuritildi.

O‘zA