Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Nogironlar jamiyati jamoatchilik monitoringini o‘tkazadi
20:25 / 2023-06-01

O‘zbekiston nogironlar jamiyati joriy yilning 9 iyul kuniga tayinlangan muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarida jamoatchilik monitoringini olib boradi.

Ushbu faoliyat davomida saylov uchastkalari qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar talablariga mos ravishda jihozlanishi, ayniqsa ularda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatiga asosiy e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, joylarda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning saylovda ishtirok etishga oid huquqlari va majburiyatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar beriladi.

Bundan tashqari, yotoq holatidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar haqida ma’lumotlarni shakllantirishda uchastka saylov komissiyalariga ko‘maklashish orqali ularga o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilishida bevosita ishtirok etadi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov jarayonlariga doir murojaatlarini qabul qilish va ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.

Jamoatchilik monitoringi natijasi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib boriladi.

O‘zA