Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston NNT Milliy assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi konferensiyasida qanday masalalar muhokama qilindi?
16:35 / 2021-04-02

Guliston shahrida O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) Milliy assotsiatsiyasi rahbariyati, Assotsiatsiya a’zolari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston NNTlari milliy Assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmasining 2018-2020 yillar davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2021 yildagi ustuvor vazifalari va Ustavga muvofiq, navbatdagi respublika hisobot-saylov konferensiyasiga Sirdaryo viloyatidan delegatlar saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston NNTlarining milliy Assotsiatsiyasi 2005 yilning may oyida ta’sis etilgan bo‘lib, faoliyatining maqsadi davlat va jamiyat qurilishining ustuvor vazifalarini amalga oshirish, erkin, ochiq va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishda jamoat tashkilotlarining tashkiliy va intellektual resurslari va sa’y-harakatlarini birlashtirish va muvofiqlashtirish ishlariga qaratilgan.

Tadbirda Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosari I.Mo‘minov, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi kengashi rais o‘rinbosari N.Mahmudov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev va boshqalar Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan, joriy yilning 4 martidagi «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni hamda 2021 yil 3 martdagi «Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori – Assotsiatsiya va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga chiqishida muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidladi.

Assotsiatsiya o‘z faoliyatini asosan xotin-qizlar va yoshlar, huquqiy, ekologiya, iqtisodiyot va ta’lim kabi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelmoqda. bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida Assotsiatsiyaning hududiy bo‘linmalari faoliyat yuritmoqda. Hududiy bo‘linmalar, eng avvalo, mamlakatni ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishda NNTlar salohiyatini mustahkamlash, davlat organlari bilan samarali ijtimoiy sheriklik munosabatlarni rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgani tahsinga loyiq.

[gallery-1871]

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmasining 2018-2020 yillar davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

– bugungi kunda Sirdaryo viloyatida adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tgan 564 ta nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyat yuritmoqda, – deydi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi bosh koordinatori Sh.Mamarahimov. 

– O‘tgan yillar davomida hududiy bo‘linma tomonidan 60 dan ortiq turli tadbirlar, davra suhbatlari, seminarlar, seminar-treninglar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan uchrashuvlar, monitoring tadqiqotlari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

Viloyatda qabul qilinayotgan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda NNTlar ishtirokini kengaytirishga, ularning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Xususan, fuqarolarga NNTlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va Nizomlarini ishlab chiqish tartib-tamoillari xususida, o‘tkaziladigan tadbirlarni adliya organlari bilan kelishish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan e’lon qilingan davlat granti tanlovlarida ishtirok etish, amalga oshirilgan loyihalar yakunlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish masalalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berib kelinmoqda.

Konferensiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Konferensiyaning yakuniy qismida tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar      i milliy Assotsiatsiyasining respublika hisobot-saylov konferensiyasiga Sirdaryo viloyatidan 2 nafar delegat – bir ovozdan saylandi.

 

A,Qayumov, F.Toshmatov (surat),  O‘zA