O‘zbekiston muaytaychilari nufuzli turnirda 34 ta medal jamg‘ardi
Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida o‘tkazilgan muaytay bo‘yicha qator archa yosh toifalarida “UAE Muay Thai Open Championship” xalqaro musobaqasida sportchilarimiz munosib ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqada 8 davlatdan 850 nafarga yaqin sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 16 ta oltin, 13 ta kumush va 5 ta bronza, jami 34 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek,terma jamoamiz umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy oldi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


Ma’lumot o‘rnida, muaytay bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari dekabr oyida Antaliyada o‘tgan “12thIFMA-International Antalya Muaythai Open Cupʼs-2024” xalqaro turnirida 3 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon o‘yinlarida ishtirok etish uchun muhim reyting ochkolariga ega chiqqan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA