Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston biznes forumi
22:10 / 2022-06-02

Savdo-sanoat palatasida 2 iyun kuni O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat vazirlik va idoralari, biznes doiralari hamda sanoat birlashmalari vakillaridan iborat yuzdan ziyod ishbilarmon ishtirok etgan anjumanda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlik istiqboli muhokama qilindi.

O‘tgan davrda O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston munosabati izchil kengayib, mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik faollashgani qayd etildi.

Ayni payt respublikamizda Mo‘g‘uliston kapitali ishtirokida 4 ta korxona pillachilik, chorvachilik, savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Uzoq muddatli manfaatlar uyg‘unligidan kelib chiqib, ikki mamlakat tadbirkorlarining ochiq muloqoti, amaliy hamkorligini davom ettirish istagi ma’lum qilindi.

[gallery-7420]

Mo‘g‘uliston Milliy savdo-sanoat palatasi rahbari Otgondavaa Amartuvshin so‘nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida iliq do‘stona munosabat o‘rnatilganini, iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida sheriklikni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyat mavjudligini ta’kidladi.

Mehmonlar O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga mamlakatimizda tadbirkorlikni faol rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma’lumot berildi.

Hukumatimiz tomonidan investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesga soliq yukini kamaytirish, xususiy mulk va xorijiy kapitalni huquqiy himoya qilish mexanizmini mustahkamlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytib o‘tildi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar sanab o‘tildi. Mo‘g‘uliston ishbilarmonlari bilan yanada samarali ishlash uchun manzilli, istiqbolli loyiha takliflari ilgari surildi.

Tadbir yakunida ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari ishbilarmon doiralar vakillarini iqtisodiy sheriklikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni ishlab chiqish maqsadida faol, konstruktiv muloqotni davom ettirishga chaqirdi.

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zAmuxbiri