Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 32 pog‘ona yuqoriladi
12:11 / 2024-02-19

Ookla kompaniyasining speedtest.net servisi 2024 yil yanvar oyi natijalariga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakatimiz mobil internet tezligi bo‘yicha 4 pog‘ona yuqorilab, o‘sish qayd etdi.

Bu bilan O‘zbekiston 2023 yilning boshidan joriy yil holatiga ko‘ra 32 pog‘ona yuqoriladi.    

Mamlakatda yanvar oyida mobil internet orqali o‘rtacha yuklab olish tezligi 26,97 Mbit/s, yuklash tezligi esa 11,25  Mbit/s ni tashkil qildi.  

Shuningdek, simli internet tezligi esa o‘rtacha 59,07 Mbit/s  ni tashkil etdi hamda reytingda 2023 yil boshidan bugungi kun holatiga ko‘ra, ikki pog‘ona yuqoriladi.    

N.Rahmonova, O‘zA