Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Misr: agrar sohadagi hamkorlik yangi bosqichda
12:44 / 2025-12-12

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Misr Arab Respublikasining yurtimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi agrar hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, mavjud loyihalar samaradorligini oshirish hamda istiqboldagi tashabbuslarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuvda qo‘shma loyihalarning joriy holati tahlil qilindi. Xususan, shakar ishlab chiqarish yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan tashabbuslarni kengaytirish, eksport-import ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.

Tomonlar agrar ta’lim sohasida ilmiy almashinuv, malaka oshirish dasturlarini kuchaytirish zarurligini qayd etib, O‘zbekiston va Misr o‘quv muassasalari o‘rtasida bevosita hamkorlik mexanizmlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Paxtachilik, genetika va seleksiya kabi yuqori qo‘shimcha qiymatli yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari ham kun tartibidan o‘rin oldi. Mazkur sohalarda tajriba almashish, qo‘shma ilmiy markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Shu bilan birga, mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida aloqalarni faollashtirish, investitsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda agrar tarmoqlarda amaliy kooperatsiya loyihalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

M.Pirmatova, O‘zA